User:Progint/sandbox/Sheki
Progint/sandbox/Sheki |
---|
Sheki — Ozarbayjondagi shahar, Sheki tumanining ma’muriy markazi. 1963 yil 4 yanvaridan respublika tarkibiga kiritilgan. 1968 yilning 15 fevraliga qadar "Nuxa" deb nomlangan. Sheki tumanining ma’muriy markazi. Sovet davrida respublikaga bo’ysungan bo’lib, shahar maqomida bo’lgan. Hozirgi kunda Sheki tumani tarkibida bo’lsa-da, to’g’ridan-to’g’ri respublikaga bo’ysunadi. Ammo Sheki shahri ijro hokimiyati rahbarining vakolatlari ham Sheki tumaniga tegishlidir.
Sheki shahri respublikanıng shimoliy-g’arbida, Kish daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 700 metr balandlikda , poytaxt Baku shahridan 370 km uzoqlikda, Buyuk Kavkaz tog’lari etaklarining janub tomonida, markaziy hududlardan uzoqroqdagi bir manzilda joylashgan. Shaharni qurshab olgan tabiat, purviqor tog’lar o’z go’zalligi bilan kishini o’ziga maftun etadi. Xon yaylovining tik yo’llarida shimol tarafdan shaharga yaqinlashganimizda ikki ulkan - Chaqqaldor və Ottal jarliklariga duch kelamiz. Sheki shahri murakkab tuzilishga ega. Sharqdan G’arbga oquvchi Qurkanadaryosii shaharni ikki qismga, yuqorisi Janub, boshqa qismi esa vodiyda yastangan Shimoliy tarafga ajratgan.
2007 yilgi ma’lumotlarga qaraganda Sheki shahrida 62499 kishi istiqomat qiladi. Bu esa Sheki tumani bilan birgalikda butun aholining 37,33%ini tashkil etadi. 2007 yil ma’lumotlarga asosan Sheki shahri aholisining 48,3% ini erkaklar, 51,7% ini esa ayollar tashkil etadi.[1][2]
Etimologiyası
[edit]Sheki Ozarbayjonnıng eng qadimiy shaharlaridan biridir. O’rta asrlarga oid manbalarda shahar Shaki, Sheka, Shakki va boshqa nomlar bilan atalib kelgan. 18- asrning o’rtalarıda Sheki shahri yaqinidagi Nuxa shahri Sheki xonligining markazi bo’lgandan keyin qo’hna Sheki shahri tarix sahnasidan chiqib ketdi. Ptolomey Alban shaharlari ichida "Niqa" nomli yashash manzilgohi bo’lganligini qayd etgan. Abbosqulu Bakıxanovning yozishiga ko’ra Nuxa shahri tuzilishiga ko’ra hozirgi Naxiya va Najiya shahriga to’g’ri keladi. U qadimda Shirvon şhaharlaridan bo’lgan. A. Y. Krimskiy Niqanın keyingi Nuxa bo’lishi mumkinligini aytadi. Lekin XIX asrning boshlarida hozirgi mulohazalarga qarshi chiquvchilari bor edi. Akademik V. Dorn , Niqa İberiya va Alazan o’rtasida bo’lgan joyda loylashgan, uni Nuxa bilan adashtirmaslik lozim degan fikrni bildiradi. "Nuxa" so’zini antik davrga tegishli bo’lgan Niqa maskani bilan bog’liqligi hamon bahsli masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Mulohazalarga ko’ra, "Sheki" nomi eramızdan avvalgi VII asrda Qora dengizning shimoliy sohillaridan Darband chorrahasi vositasida Janubiy Kavkazga, undan Kichik Osiyoga kirib kelgan sak qabilasining nomi bilan bog’liq. Ular Janubiy Kavkazda eng yaxshi, unumdor tuproqqa ega bo’lgan bu yerlarga Sakasena nomini bergan. Saklar qabilasining maskanlaridan birining nomi Sheki bo’lgan.[3][4]
Geografiyasi
[edit]Shaharning hozirgi ko’rinishiga uning geografik joylashuvi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Qolaversa bu shaharning qurilishiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmagan. Shaharning o’ng va chap qismlari o’rtasidagi masofa 450 m tashkil etadi. 18-asrda qurilgan shahar 19-asrning o’rtalariga qadar o’z ko’rinishini saqlagan, strukturasiga hech bir narsa daxl etmagan. Sheki yashillikka burkangan uylar bilan o’ralgan. Aslida Sheki tabiatning bir qismi bo’lib, bu shaharnin arxitekturasi bilan uyg’unlashib ketgan. Bu baland tog’ bilan o’ralgan, o’ziga xos tabiiy tuzilishga ega. Bundan tashqari har bir uyda bog’ bo’lib u temir devor bilan o’ralgan. Sheki ko’chalari uylarning tuzilishi bilan uyg’unlik kasb etgan. Uylar reja asosida qurilgan bo’lib, ularni devor va to’siqlar ajratib turadi. Aholisi qadimiy an’analarini saqlab qolgan. Bu yerda o’rta asrlarda savdo-sotiq ishlari taraqqiy etgan. O’sha davrdan qolgan mahalla va ko’chalar nomlari aslicha saqlanib qolgan. Aholining joylashishi va yashash sharoyitiga ta’sir ko’rsatgan eng muhim omillardan biri uning tabiiy geografik o’rni bilan bog’liqligini ta’kidlamoq lozim. Ko’chalarning yo’nalishi Buyuk Kavkaz tog’lariga nisbatan qurilgan. Ko’chalarning shimoliy qismi yuqoriga tomonga parallel tarzda yo’nalgan. Tumanning markazi va ko’chaning asosiy qismi shakllanishida Gursandaryo va Deyirman daryolarining yo’nalishi nazarda tutilgan. Shahar tuzilishi, xususiyatlariga oid boshqa ma’lumotlarni 1862 yilda amalga oshirilgan rejasidan bilib olish mumkin. Bu rejaga asosan Sheki quyidagi kvartal va mahallalarga bo’lingan: Chaqqal vodiysi, Gilali, Temirchii buloğı, Genseli, Sarıq tuproq, Otaq ostonasi, Ağvonlar, Duluzlar, Dodu, Boğbonlar, Sarkorlar, Taboqxona, Toza kent, Ko’hna kent.[5]
Shaharning relefida sun’iy sug’orish kanallari ham alohida o’rin tutadi. İchimlik suvi daryolardan olinadi. Shekini ichimlik suvi bilan Kish daryosi va Xınsalı-Baxlınskiy havzalari ta’minlaydi. Tepalikdan qaraganda Sheki o’ziga xos tuzilishga egaligi, tabiiy geografik o’rni bilan ajib bir manzara kasb etadi. Shaharga tog’ manzarasii yanada joziba baxsh etadi.[6]
Tarixi
[edit]Manbalarda keltirilishicha, hozirgi Sheki shahridan 10–15 km janubda bo’lgan ko’hna Shekini Sosoniylar hukmdori Qubad I (488—531) qurdirgan. Keyinchalik Sheki Kavkaz Albaniyasıning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan. Sharqdagi birinchi ibodatxonalardan bo’lgan qadim Kish Alban ibodatxonasi Sheki shahri yaqinida joylashgan. Sheki arablar istilosi arafasida Kavkaz Albaniyasınıng 11 ma’muriy viloyatidan biri edi. Arablar istilosi natijasida Sheki viloyati III amirlikning tarkibiga kiritilgan.. Xalifalik zaiflashgan davrda Sheki mustaqil knyazlikka aylantirilgan. XIV asrning I yarmida Hulakilar davlatining muvaffaqiyatsizligidan so’ng Shirvonshohlar davlati Shekida mustaqil davlatga asos soldi va Orlat sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. 1551-yilda shoh Tahmasib Shekining mustaqilligiga nuqta qo’ydi. Sheki Safaviylar davlatiga qo’shib yuborildi.[3]
Shekining XVII asr me’morchiligi muayyan ahamiyat kasb etadi. Avliyo Chalabiyning bergan ma’lumotlariga ko’ra, toshdan tiklangan go’zal Sheki qal’asi tepalikda joylashgan. Qal’anıng “Shirvon” va “Ganja” deb nomlangan ikki darvozasi bo’lgan. Shaharda 3 ming uy, 7 masjid bo’lgan. Bu masjidlardan bozar maydonıda joylashgan Mirza Ali , yana qal’adakı ikki masjid ko’proq diqqatni jalb qiladi. Shaharning karvonsaroyları, hammomları va kichik bozorı bo’lgan. XVII asrdə Sheki shahrida 20 ming aholi yashagan degan taxminlar bor.[4]
1747 yilda tashkil etilgan Sheki xonlıgı Ozarbayjon xonlıkları ichida eng kuchlisi edi. 1805-yil Kurakdaryo shartnomasiga asosan Sheki xonlıgı Rossiyaning vassaliga aylandi. 1813 yil Guluston sulh shartnomasi bilan Eron Sheki xonligi maydoni Rossiya imperiyasıga qo’shilganligini rasman tan oldi. 1819 yilda Shekida xon boshqaruvi bekor qilindi. Xonlık o’rniga Sheki viloyati tashkil etildi. 1840 yilda Kaspiy viloyatining tarkibida Sheki qəzası tashkil etildi. Qəza 1846-yildan Shamaxı quberniyasınng tarkibiga kiritildi va Nuxa qəzası deb nomlandi.[5]
Ruslar Sheki xonlıgını 1819 yilda bekor qilganidan 5 yil o’tib, ya’ni 1824 yilda, Sheki viloyatida ilk bor aholini ro’yxatga olish ishlari olib borildi. Uning natijalariga asosan (o’sha vaqtda Qıshloq va Chopag’on kentlari ham ma’muriy jihatdan Nuxa shahrining tarkibida edi va bu kentlar bilan birgalikda) Nuxa shahrining aholisi 13 ming 351 kishini tashkil etgan.
O’sha vaqtda shahar ma’muriy jihatdan mahallalarga bo’lingan.
1920 yilning 5 may sanasida Shekida sovet hukumati tuzildi. 1930 yilda Ozarbayjon SSRning ma’muriy bo’linishi natijasida Nuxa rayonu tashkil etildi. 1963 yil 4 yanvarda Nuxa rayoni bekor qilinib, uning maydonii Vartashen (hozirgi O’g’uz) rayonuga berildi, respublikaga bo’ysunuvchi Nuxa shahri tashkil etildi. 1965 yildan yangidan mustaqil Nuxa rayonu tashkil etildi. 1968 yildan u Sheki deb nomlana boshladi
2008 yil 8 dekabrıda Dunyonıng Tarixi Shaharlari Do’stligi Jamiyati tashkiloti prezidenti, Yaponiyanıng Kyoto shahar hokimi Daisaku Kodokavadan kelgan tabrik maktubida Ozarbayjonning Sheki shahrini Dunyonıng Tarixi Shaharlari Do’stligi Jamiyatiga a’zo qilish haqida tashkilot Ijroiya Kengashining 2008 yil oktyabrıda qarori chiqqanligi qayd qilingan. 2012 yilda obodonlashtirish, qurilish ishlari sohasida qilinadigan ishlar belgilab olindi: Sheki shahar Ijro Hokimiyati va shahar Arxitektura va qurilish ishlari qo’mitasi bilan birgalikda Sheki shahri Bosh rejasi ishlab chiqildi. Unga asosan bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Inchunun, shaharning g’arbiy o’ng tomoni kengaytirildi, Oxud, İncha, Kish, Qoxmuq kentlari shahar tarkibiga kirishi nazarda tutildi.[6]
Madəniyat, ta’lim va sog’likni saqlash sohalari muassasalari
[edit]Shekida Ozarbayjon Pedagogika İnstitutining Sheki filiali, Sheki Musiqa kolleji, 84 ta umumta’lim va kasbga yo’naltirilgan maktablar faoliyat ko’rsatadi.[7][8]
Moddiy-madaniy merosi
[edit]Shaharning me’moriy obidalaridan Sheki xon saroyı, Shakixanovlarning uyi, Gilakli masjidinin minorasi, masjid, qal’a devorları, Dairavi ibodatxonasi (XVII-XIX), Zayzit (XI-XII), Kish alban ibodatxonalari, Sheki Karvonsaroyı muhafazаga olingan.
Qadimiy shaharning qurilish ishlari rejasining asosiy xususiyatlaridan biri shahar ko’chalarining umumiy konstruktsiyası Sheki arxitekturası bilan uyg’unlashtirilganligidir. Ozarbayjon shaharsozligining taraqqiyoti natijasida tiklangan ko’chalar Shekida o’rta asr shaharsozligidan farqli ravishda qisqa muddatda va ma’lum bir reja asosida bunyod etilgan. Shekining Gurjandaryoga parallel bo’lgan asosiy va eng uzun ko’chasida shaharning eng muhim arxitektura obidalari joylashgan. Shekining har bir obidasi o’ziga xos arxitekturasiga ega. Bu yerdagi eng asosiy ko’cha Sheki ko’chasidir. Shuningdek hozirgi kunda Haydar Aliyev, M.A.Rasulzoda, Xoyskiy, Afqonlar, Arxustu, Ganjalilar, Bog’bonlar, Sherbobolar, Mirza Fatali Axunzoda, Mehdi Huseyn singari ko’chalar nomlari bor.
Qurjanadaryo va Dayirman daryolari shaharni suv bilan ta’minlaydi. Ulardan ichimlik va sug’orish maqsadida foydalaniladi. Bi daryolarning qo’shilish joyidagi maydonda yangi markaz qurilgan. Sheki shahrining bu qismidagi eng muhim joylardan biri Qurjonadaryodir. Ikkinchi daryo Deyirman esa ikkinchi o’rinda turadi. Shekining tabiiy go’zalligi uning tarixiy obidalariga ham aks etgan. Bular Shekining o’ziga xos arxitekturasini tashkil etadi.
E.Chalabiyning xotiralarida Sheki haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. Uning so’zlariga ko’ra toshdan bunyod etilgan Sheki qal’ası tepalikda barpo etilgan. Qal’anın Shirvon va Ganja nomli ikki darvozasi bo’lgan. Bu yerda minglarcha uy, yetti masjid bo’lib, ular orasida Mirza Ali masjidi bozor ko’chasida joylashgan. Shuningdek shaharda bir necha karvonsaroy-mehmonxonası, hammomı va kichkina bozori bo’lgan. Bu ma’lumotlarga asosan qal’aning tashqarisida ipak ishlab chiqaruvchi muassasalar va ipakchilikka ixtisoslashtirilgan katta-katta bog’lar mavjud bo’lgan. Shaharda Chalabiyning qayd etishiga ko’ra 3000 xonadonda 20.000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan.
Asosiy ko’chalar yerli sharoitdan kelib chiqib tor kichik-kichik ko’chalarga bo’lingan. Qurilish rejasiga ko’ra aholiga daryo qulaylikar keltirishi va iqtisodiy jihatdan muhim strategik vazifani bajarishi lozim bo’lgan. Sanoat ob’ektlari tijoratchilar uchun qulay jabhalarda bunyod etilgan. Qayd etish lozımki, o’rta asrlarda Sheki shahri maydoni jihatdan katta hududni egallagan. Shekining barpo etilishidagi muhim omillardan biri uning tabiiy sharoitidir. Buning birgina isboti uning suv resurslari bilan ta’min etilishidir. Bu uni turli jabhalarda imkoniyatlarini oshiradi. Uning tabiiy sharoiti aholi uchun qulay sharoitlarni yaratib bergan. Shekining boshqa shaharlardan ajratib turadigan xususiyatlaridan biri uning toza va musaffo havosi, iqlimidir. Buni 19 asrda A.P.Ziisserman ham o’z xotiralarida qayd etib o’tgan. Uning xotiralariga ko’ra go’zal tabiyat manzarasiga ega bo’lgan Sheki kichik tog’ daryosining etagida joylashgan bo’lib, u yashillikka burkangan uylar, yong’oq, tut daraxtlari serob bog’lar bilan o’ralgan. Shahar ko’chalari doimo toza va ozoda bo’lib, bu ishlar uchun maxsus odamlar shug’ullangan. Umuman Sheki o’zining jozibador tabiyati, tozaligi, havosi bilan kishilarni o’ziga jalb etadi. Oqshomlari bulbulning xonishlari unga yanada fusunkorlik baxsh etadi.[7][8]
Qal’a
[edit]Qal’a shaharning tepalik qismida , shimoliy-sharqiy tarafida joylashgan bo’lib, Sheki xon saroyını o’rab turadi. Qal’a nafaqat harbiy-strategik jihatdan, balki iqlimi jihatidan ham qulay yerda joylashgan. Qal’a devorlarınıng umumiy uzunlugu 1300 m bo’lib, shimoliy tomonidagi devor 4 m, janub tomonidagisi esa 8 m balandlikka ega. Qal’a devorlarining qalinligi 2.2 metrni tashkil etadi. Qal’anın janub va shimol tarafida ikki darvozası, muhofazasi uchun minoralari bor. Hozırda 1958-1963 yillarda vayron bo’lgan qismlari qayta tiklangan. 1853 yil 26 fevralda qayd etilgan rejaga asosan qal’anın tarkibidagi 40 ga yaqin tarixiy obidaning yangidan barpo etish ko’zda tutilgan. Tabiiyki, Shekii Rossiyanıng tarkibiga kirishidan taxminan 50 yil oldin uning avvalgi rejasiga bir qator tuzatishlar kiritilgan.Lekin qal’a avalgi ko’rinishini deyarli saqlab qolgan. Dastlab undan gornizon , keyinchalik yashash manzilgohi sifatida foydalanish nazarda tutilgan. Shunday xulosaga kelish mumkinki, ba’zi tuzatishlarga qaramasdan Sheki xon saroyi rejasida muhim o’zgarishlar bo’lmagan. Shuningdek bu yerda, ya’ni qal’aning ichkarisida dushman hujumi paytida Qurjanadaryosining suvu to’silgan taqdirda zahira uchun maxsus quduq va xandaqlar bo’lgan. Kullasovskiyning qaydlariga ko’ra, Sheki suv kamarlari oddiy strukturasi, qulayligi va arzonligi bilan diqqatni jalb qiladi. Suv sistemasi hozirgi talablarga asoslangan va keng diametrli sopol quvurlar vositasida harakat qilgan. Bu quvurlar ichkarisi qırmızı g’ishtdan barpo etilgan. Bu quvurlar orqali suv aholiga tarqatilgan. Shuningdek bu yerdan shaharning butun ko’cha va maydonlarini suv bilan ta’minlagan. Bu mexanizm har bir xonadonni suv bilan ta’minlab qolmasdan, uylarning qarshisida favvora bo’lishiga ham imkon bergan.[3][4][5][6]
Vaqtli matbuot
[edit]Sheki shahrida "Sheki" (avvalgi nomi "Sheki ishchisi"), "Shekining ovozi", "İpakchi", "Sheki kommunasi", "Sheki Hududi", " Sheki ta’limi", "Shaffof biznes" qazetalari nashr etiladi. Shuningdek sun’iy yo’ldosh orqali dunyo telekanallari dasturlarini uzatuvchi ARB television kanali " ARB SHEKI " Sheki shahrida faoliyat yuritadi.
Taniqli shaxslari
[edit]- Hoji Chalabiy xon — taniqli siyosatchi a iste’dodli sarkarda, mustaqil Sheki xonligining asoschisi
- Huseyn xon Mushtoq - Sheki xoni, xon saroyini bunyod etgan
- Abdulg’ani Afandi Nuxavi Xolisaqorızoda — XIX asrning taniqli adabiyotshunosi, pedagogi va kitobshunosi
- Mirza Fatali Oxundov — taniqli Ozarbayjon yozuvchisi
- Fatali xon Xoyskiy – Ozarbayjon Demokratik Respublikasınıng Bosh vaziri, ADRning Ichki ishlar vaziri (28.05.1918 – 17.06.1918), ADRning Tashqi ishlar vaziri (26.12.1918 - 14.03.1919) (24.12.1919 - 01.04.1920)
- Muhammad Shakavi- Butun Kavkaz xalqlarining birinchi Shayxulislomi. Qur’oni Karimni ilk bor ozarbayjon turkchasiga tarjima etgan olim
- Salmon Mumtoz — taniqli ozarbayjon adabiyotshunos olimi
- Qosım bey Nabibeyov — harbiy-podpolkovnik
- Bahrom bey Nabibeyov — harbiy-polkovnik
- Huseyn bey Nabibeyov — harbiy-polkovnik
- Zohid bey Nabibeyov — harbiy -kapitan
- Vohid bey Nabibeyov — harbiy -kapitan
- Baxtiyor Vahobzoda — Ozarbayjon xalq shoiri
- Sobit Rahmon — Ozarbayjon yozuvchisi
- Shafiqa Oxundova — Sharqdagi ilk ayol opera bastakori
- Emin Sobito’g’li — Ozarbayjon bastakori
- Yoqub Mahmudov — Tarixchi olim, akademik, 2000 -2005, 2005 - 2010, 2010 -2015 yillar - ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi chaqiriq Mılliy Majlis deputatı, AMEA Tarix İnstitutining direktori
- Javonshir Quliyev — Ozarbayjon bastakori
- Javdat Hojıyev - Ozarbayjon bastakori
- Shahid Abdulkarimov — Ozarbayjon bastakori
- Rasim Ojaqov- Kinorejissor
- Lutfali Abdullayev — Ozarbayjon xalq artisti
- İsmoyıl Usmonlı — Ozarbayjon xalq artisti
- Kunul Xasıyeva — qo’shiqchi
- Fuad Abdurahmonov — taniqli haykaltarosh
- Jalil Husayinov — Akademik
- Jabroyıl Husayinov — Akademik
- Majid Rasulov — Akademik
- Haydar Afandiyev — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir a’zosi
- Zulfiqor Zulfiqorov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir a’zosi
- Mahmud İsmoyılov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir a’zosi
- Niyazi Samadov — Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir a’zosi
- Qurbon Jalilov — Fan Doktori, Professor, Ozarbayjon MEA Akademiyasınıng haqiqiy a’zosi
- Temircchizoda Abdulazal Mammad o’g’li — Tilchi olim, Fan Doktori, Professor, Akademiyanıng Muxbir a’zosi
- Yusufzoda Ziyo Mammadiya o’ğli — General Mayor, Ozarbayjon Davlat Milliy Xavfsizlik Akademiyasınıng rektori
- Obid Sharifov - Ozarbayjon Respublikası Bosh Vazirining muovini
- Ahmadiyya Jabroyılov- İkkinchi Jahon urushining qahramonı. Fransiya Faxriy Legion Ordeni sohibi
- Mikayıl Jabroyılov- Ozarbayjonning Milliy Qahramonı,Qorabog’ urushida shahid bo’lgan
- Elshod Yahyoyev — Ozarbayjonning Milliy Qahramonı,Qorabog’ urushida shahid bo’lgan
- İbrohim Afandi (1881-1929)- Zamonaviy Turkiyaning mashhur Din va İjtimoiy xodimi Mehmed Zohid Kutkuning (1897-1980) otası
- Oydın Mammadov (filolog)- tilchi, turkolo, tanqidchi, siyosatchi, notiq
- Hikmat Hojızoda- Ozarbayjon Respublikası Bosh Vazirining muovini., siyosiy tadqiqotchı
- İsmoyıl bey Nakam - yozuvchi, shoir
- Rashid bey Afandiyev-maorifchi,dramaturg
- Fikrat Mammadov – Adliya vaziri
- Yashar Qorayev - Filologiya fanlari doktori, professor, AMEA muxbir a’zosi
- Hojı Hakim - tibbiyot xodimi, Taun və Tif viruslari bo’yicha yetuk mutaxassis
- Anvar Mammadov (iqtisodchı) - davlat xodimi, Ozarbayjon SSR Xalq Bankınıng Raisi
Filmorafiyasi
[edit]- Ozarbayjonga sayohat (film, 1924)
- İpakchilik (film, 1928)
- Sheki (film, 1965)
- Sheki saroyı (film, 1965)
- Sheki hayvondorları (film, 1975)
- Sheki hayvondorları kompleksi (film, 1975)
- Sheki (film, 1977)
- Yashil mo’jiza (film, 1979)
- Jamoaviy birlik (film, 1981)
- Ozarbayjonga sayohat (film, 1988)
- Xon saroyı (film, 1993)
- Ham ziyorat, ham tijorat... (film, 1995)
- Tangrıga talpıngan Kish (film, 2001)
- Sheki teatrıda (film, 2006)
- Sheki kabi (film, 2011)
Birodarlashgan shaharlar
[edit]- Turkey – Giresun
- Bulgaria – Qabrovo
- Belarus – Slutsk
- Turkey – Lapseki
- Ukraine – Jmerinka
- Turkey – Ko’nyo
- Italy – Florensiya
Fotolar
[edit]Xorijiy adabiyotlar
[edit]- Shekining tarixi
- Shekida VII İpak Yo’li Xalqaro Musiqa Festivalı boshlanishi
- Aks-sado - Sheki “İpak yo’li” 7 Xalqaro Musiqa Festivalı
Manbalar
[edit]- ^ a b c https://sites.google.com/site/shekitarixi/sheki
- ^ http://sheki-ih.gov.az/page/10.html
- ^ a b c http://www.eylence.az/blogs/index.php/qeio/http_tourism_clan_su_load_tarix_ski_tari_0
- ^ a b c http://sheki-ih.gov.az/page/11.html
- ^ a b c https://belediyye.io.ua/s672752/350399k304_haqqinda_m399lumat
- ^ a b c https://belediyye.io.ua/s53977/350399k304_xanli286inin_tar304x304_haqq304nda_220199_salnam399
- ^ a b http://surakhani.cls.az/more/text/23036
- ^ a b http://www.musigi-dunya.az/new/read_magazine.asp?id=252
Turkum:Ozarbayjon shaharlari Turkum:Ozarbayjon_sanʼati Turkum:Ozarbayjon:_Tarix Turkum:Ozarbayjon:Geografiya