Jump to content

User:Progint/sandbox/Lachin shahari

From Wikipedia, the free encyclopedia
Lachin

Lachin — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Lachin tumanidagi administrativ markaz . Ozarbayjon poytaxti Boku shahridan shosse yoʻli uzunligi 450 km., Xonkendi stansiyasi temir yoʻli uzunligi 60 km.

1992 yilning 18 maydan boshlab Lachin armani qurolli kuchlari tomonidan bosib olindi.

Bosh Assambleya tomonidan 2008 yilning 14 martida qabul qilingan rezolyutsiya — 62/243. Ozarbayjonning bosib olingan hudularidagi holat[1]

Ozarbayjon Respublikasining Togʻli Qorabogʻ hududi va uning atrofida qurollangan mojaro jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solishda tavom etayotganiga jiddiy tashvishlanib, va uning gumanitar holat va Janubiy Kavkaz mamlakatlarida rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni hisobga olib,

  1. Ozarbayjon Respublikasi suverenligi va hududiy daxlsizligini, uning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida hurmat qilish va quvvatlash haqida eʼlon qiladi;
  2. Ozarbayjon Respublikasining barcha bosib olingan hududlaridan barcha armani qurolli kuchlarini darhol, toʻliq va soʻzsiz olib chiqishni talab qiladi;

Tarix

[edit]

Avval Lachin Abdallar deb nomlangan, 1923[2] yildan boshlab shahar maqomini olgan, 1926 yildan boshlab Lachin deb nomlana boshladi. 1930 yilda Lachin administrativ tumani tashkil etilganidan soʻng, Lachin shahri uning markaziga aylandi.

„Lachin“ toronimi oykonim sifatida 1924 yildan boshlab xaritamizdan joy egalladi. Bundan oldin u oʻzini „Yukari Lachin“ nomi bilan oʻzini saqlab qoldi. Qadimiy xaritalarni oʻrganish qisman shuni koʻrsatadiki, muhim tepalik bilan bir qatorda, Kichik Kavkaz togʻ tizmasidagi Qorabogʻ togʻ tekisliklaridagi eng katta tizma hisoblangan Lachin choʻqqisi eʼtiborni tortadi. Bu choʻqqi Katta Kirs va Kichik Kirs choʻqqilari bilan birga Yuqori Qorabogʻ viloyatida uchburchakni tashkil qiladi. Bu choʻqqi Qorabogʻ togʻlari tizmasi markazida, janubi gʻarbda joylashgan.[3][4]

Izlanishlar shuni koʻrsatadiki, „Lachin“ nomi geografik, tarixiy, adabiy manbalarda uchraydi. Manbalardan bizga maʼlumki, „Lachin“ toponimi - oronimdir, yaʼni togʻ nomidir. Lekin bu toponim huddi fuqarolik huquqi kabi oʻzida oykonim shaklini qozondi. Buni biz Lachin soʻzi ishtirok etgan qishloqlar nomidan koʻrishimiz mumkin: Shushada Lachinlar, Kelbadjar tumanida Lachin qishlogʻi, Kelbadjar tumanidagi Lachingaya qal’asi va boshqalar.[5][6]

Avval taʼkidlanganidek, adabiy manbalardan bu nom haqida maʼlumot yegʻdik va ularda „Lachin“ nomini uchratish mumkin. Hozirda yaqin oʻtmishda bu nomni topish juda oson. Bugungi kunda bunday ismlar ham uchramoqda. Bu ism haqida maʼlumot toʻplaganda, mashxur hind shoiri Amir Xosrav Dexlavi hayoti haqidagi manbalarda uning otasining ismi „Lachin“ eʼtiborimizni tortdi. Otasining ismi: Amir Maxmud Shams Lachin. Tarixiy manbalardan shu maʼlum boʻldiki, uning ota-bobolari Oʻrta Osiyo bosib olinishi sababli Hindistonga kelishgan. Oʻsha davrlarda "Lachin" turkiy qabilasi Turkmanistonning Koperdag janubida qoʻnim topgan. Hindistonda yashab ijod qilgan oʻz davrining buyuk shoiri Amir Xosrav Dexlavi nomida oʻz qabilasi nomi ham mavjud.[7]

Shuni taʼkidlash kerakki, „Lachin“ turkiy qabilasi XVIII asrning boshlarida Turkmanistonning janubiy hududida yashagan. Moʻgʻullar bosqini davrida Lachin qabilasining bir qismi Ozarbayjonda qoʻnim topdi. Ular Gargachay va Xakarchay basseynlari yaqinidagi Xalifalida, Xachin hukmronligiga qarashli Qorabog’ning yuqori qismida, joylashishdi. Lachin turkiy qabilasining bir qismi esa Hindistonda joylashdi.[8]

Oʻrta asrlarda Ozarbayjonda Lachin qal’asi va Lachin shahri boʻlgan. Qorabogʻda qal’aning mavjudligi haqida Kirakos Gandjeli taʼkidlab oʻtgan. Uning yozishicha, Lachin Gasan Djalalning qal’alaridan biri boʻlgan. Ozarbayjonda oʻrta asrlarda shuningdek, Lachin shahri ham boʻlgan, u shaharda pullar quyib chiqarilgan. Bu shahar Chobani xonlari davrida yanada yuksaldi.[9][10]

Horijiy oʻtishlar

[edit]
  • "Lachin tumani hokimligi" (in Azerbaijani). lachin-ih.gov.az. Retrieved 04.04.2017. {{cite web}}: Check date values in: |access-date= (help)
  • "Arman qotilliklari" (in Rusian). preslib.az. Retrieved 04.04.2017. {{cite web}}: Check date values in: |access-date= (help)CS1 maint: unrecognized language (link)
  • "17 may Lachinning ishgʻoli kuni" (in Azerbaijani). azhistorymuseum.az. Retrieved 04.04.2017. {{cite web}}: Check date values in: |access-date= (help)
  • "armanlar tomonidan o'zlashtirilgan tarixiy obidalar" (in Azerbaijani). anl.az. Retrieved 04.04.2017. {{cite web}}: Check date values in: |access-date= (help)
  • "elektron kataloq—prezident kutubxonasi" (in Rusian). preslib.az. Retrieved 04.04.2017. {{cite web}}: Check date values in: |access-date= (help)CS1 maint: unrecognized language (link)

Manbalar

[edit]